09:46 / 03.04.2018
11210

«Chelsi»ning 9 nafar futbolchisi kelajagi so‘roq ostida

«Chelsi»ning 9 nafar futbolchisining joriy mavsumdan keyingi kelajagi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

The Telegraph manbasi xabariga ko‘ra, «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich yozda jamoani jiddiy kuchaytirishni o‘z nazoratiga oladi.

Jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa yarim himoyachi Eden Azar va darvozabon Tibo Kurtuaga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas. Mavsum yakuniga 6 tur qolganida «Chelsi» Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rindan 8 ochko qolgan holda beshinchi o‘rinda bormoqda.

Kurtuaning shartnomasi 2019 yil yozigacha, Azarda yana 2 yillik shartnoma bor, yozgi transferlar vaqtida «Real» ushbu futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Belgiyalik futbolchilardan tashqari,  Fransesk Fabregas, Pedro, David Luiz, Gari Keyxill va Olive Jiruning taqdiri ham aniq emas. Bu futbolchilarning shartnomalari muddati ham yana bir yil qolgan. Klub 30 yoshdan o‘tgan futbolchilarga uzoq muddatli shartnomalar taklif qilmaydi.

Ayni vaqtda hujumchi Mishi Batshuayi («Borussiya»da ijarada) va himoyachi Kurt Zumaning («Stok Siti»da ijara) kelajagi ham murabbiy taqdiri aniq emasligi tufayli ma'lum emas.

Top