Jahon | 22:40 / 03.04.2018
18462
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Rossiyaning S-400 majmuasini olgan ilk xorijiy davlat bo‘ldi

Foto: TASS

Rossiyaning Ust-Lug portidan Xitoyga S-400 havo hujumiga qarshi S-400 majmuasining qo‘mondonlik punkti, radiolokatsion stansiyalari, pusk va energetik qurilmalari hamda yordamchi qurilmalarga ega ikkita kema yetib keldi. Shuningdek, Xitoyga keltirilgan S-400’ning ilk partiyasi tarkibiga qo‘shimcha qurilmalar kirgan, biroq ularning yetkazilishi ob-havo sharoitlari sababli qoldirildi.  

S-400 polk majmuasining tarkibiga pusk qurilmalari, boshqaruv modullari, radiolokatsion stansiyalar va boshqa qurilmalarga ega 8 ta divizion kiradi. Polk majmuasi bir vaqtning o‘zida 400 tagacha raketalarga karshi raketalarni qo‘llay oladi, havo hududini nazorat qiluvchi qo‘shimcha vositalar bilan jihozlangan barcha balandlikdagi aniqlovchi qurilma 500-600 kmgacha masofada havodan tahdid soluvchi xavfni to‘liq bartaraf eta oladi.

Aytish joizki, Xitoy S-400 majmuasining ilk xorijiy xaridori bo‘ldi. 2014 yilda imzolangan shartnomaning qiymati 2 mlrd dollardan ko‘proqqa baholangan. Xitoy S-400’ni sotib olishini e'lon qilgandan keyin, bir qator davlatlar, jumladan, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Hindiston ham uni sotib olishga qiziqish bildira boshlagan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid