Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil BMT bilan afrikalik muhojirlar haqidagi kelishuvini bekor qildi
Foto: RIA Novosti / I. Nosov
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilda minglab afrikalik muhojirlarning joylashishini qonunlashtirishni ko‘zda tutgan tashabbusning bekor qilinishini ma'lum qildi.
U tumanlarida sudanlik va eritreyalik muhojirlar bo‘lganidan norozi bo‘lgan Tel-Avivning janubidagi aholi bilan uchrashuvda muammoning muqobil yo‘llarini izlashni davom ettirishga va'da bergan.
“Oxirgi 24 soat ichida men ichki ishlar vaziri Are Deri, professional hamjamiyatlar va janubiy Tel-Aviv aholisi vakillari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdim. Natijada men kelishuvning ustun tomonlari va kamchiliklarini baholab, uni bekor qilishga qaror qildim”, deb aytgan Netanyaxu.
Bekor qilingan loyiha BMTning qochqinlar ishlari agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan. U 16 ming afrikalikning Kanada, Germaniya yoki Italiya kabi rivojlangan davlatlarga ko‘chirib o‘tkazilishini nazarda tutgan. Isroil hukumati ham deyarli shuncha miqdordagi muhojirlarni Isroilda joylashishini qonuniylashtirmoqchi va muhojirlarni butun mamlakat bo‘ylab teng taqsimlab, ishga joylashishlarida yordam bermoqchi bo‘lgan.
Ushbu tashabbus afrikaliklarning Ruandaga majburiy jo‘natilishi loyihasi o‘rnini egallashi kerak edi.
Mavzuga oid
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026