Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba va Saudiya Arabistoni hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Raul Kastro dushanba kuni Gavanada Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Kuba televideniyesi xabar bergan.
"Raul Kastro va Odil al-Jubayr shuni qayd etdiki, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajada turibdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar muhokama qilingan", - deya ta'kidlanadi reportajda. Muzokaralarda aynan qaysi mavzular tilga olinganiga aniqlik kiritilmadi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni TIV rahbari Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges va Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari, iqtisodiyot va rejalashtirish vaziri Rikardo Kabrisas bilan uchrashgandi.
Bu Saudiya diplomatiyasi rahbarining Kubaga tarixdagi ilk tashrifi. 2017 yilning mayida Kabrisas Jiddada Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud tomonidan qabul qilingandi. Tomonlar o‘sha uchrashuvda iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
20:15 / 19.06.2026