Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Superkontrakt”ga o‘qishga kiritishni va’da bergan firibgar o‘g‘rilik jinoyatini ham sodir qilganligi aniqlandi
Kogon shahar, B.Naqshband MFY, Rabotipoyon qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Buxoro shahrida yashovchi M.A.dan Buxoro davlat Universitetiga o‘qishga topshirib, davlat imtihonlaridan o‘ta olmagan qizi N.B.ni “Superkontrakt” yo‘li orqali o‘qishga kiritishini va buning uchun kontrakt pullarini to‘lab qo‘yish lozimligini aytgan, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB.
U aldab, M.A.dan 3000 AQSh dollarini, keyinchalik M.A. uning jinoiy qilmishidan xabar topgach, u tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib, undan olgan 3000 AQSh dollarini ham qo‘shib to‘lashini aytib, takroran aldab M.A.dan yana 3.600 AQSh dollarini olib, jami 6.600 AQSh dollari miqdorida pullarini olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari Sh.Sh. o‘zi boshqarib yuradigan “Lasetti” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan, Kogon shahar, Oltinko‘l ko‘chasida yashovchi M.X.ga tegishli 525 AQSh dollariga teng “Ayfon 5 s” markali uyali aloqa telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.
Xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Buxoro tumani, Losha MFY, Diosiyo qishlog‘ida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. va uning jinoiy sherigi, Buxoro tumani, Losha MFY, Chappa qishlog‘ida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan B.T. bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib, Buxoro tumanida yashovchi fuqaro J.Z.ni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qilib, unga respublika hududidagi avtosalonlarning biridan “Damas” rusumli avtomashina sotib olish uchun tuziladigan shartnomani o‘zlarining vakolatli tanishlari orqali olib berish va avtomashinani qisqa vaqtlarda kelishini ta’minlab berish evaziga 1300 AKSh dollari talab qilib, o‘tkazilgan tadbir davomida 1250 AQSh dollarini fuqaro J.Z. olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh. va B.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” va 28-211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:38 / 19.06.2026
O‘zini Bosh prokuratura xodimi deb tanishtirgan shaxs milliardlab so‘mlik firibgarlikda gumonlanmoqda
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
20:30 / 09.06.2026