O‘zbekiston | 12:27 / 04.04.2018
22773
2 daqiqa o‘qiladi

5 aprel kuni O‘zbekistonda yuqori haroratli ob-havo kuzatiladi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 aprel kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 12-14, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15,  kunduzi 27-32 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-12,  kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid