Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mag‘lub bo‘lib bo‘lganmiz» - Tramp Xitoy bilan savdo urushi haqida
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Amerika tomoni Xitoy bilan savdo urushini ancha yil muqaddam yutqazib bo‘lgan.
«Biz Xitoy bilan savdo urushi holatida emasmiz, bu urush ko‘p yil avval yutqazilgan, ahmoq va vaziyatdan bexabar odamlar tomonidan, ular AQSh nomidan ish ko‘rishgandi», - deya yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, ayni damda AQSh savdo defitsiti 500 mlrd dollarni tashkil etmoqda, intellektual mulk o‘g‘irlanishi esa 300 mlrd dollarga teng.
«Biz bunday holat davom etishiga imkon bera olmaymiz», - deya xulosa qilgan Tramp
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh bilan savdo urushiga tayyorligini bildirgandi.
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:35 / 09.07.2026