Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Netanyahu Eronning «yomon ta'siriga» qarshi kurashish haqida kelishib oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu telefon orqali o‘zaro muloqot davomida Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Oq uy saytidagi bayonotda aytiladi.
«Prezident Tramp AQSh Isroil xavfsizligiga sodiq ekanini tasdiqladi, hamda ikki yetakchi Eronning yomon ta'siri va uning beqarorlashtiruvchi harakatlariga qarshi kurashish uchun birgalikda ishlashga qaror qildi», - deya xabar qilinadi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eron tomonidan Yamanda isyonchi husiylar qo‘llab-quvvatlanayotganidan norozi ekani xabar berilgandi. «Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi siyosiy jarayonni qo‘porishda davom etmoqda, mintaqada jangovar harakatlarni keltirib chiqaryapti va vaziyatni beqarorlashtirmoqda. Ular husiylar va boshqalarga qurol yetkazib beryapti», - deyiladi Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotida.
Mavzuga oid
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
10:48 / 17.07.2026
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:15 / 17.07.2026
Ahmadinajod atrofidagi shov-shuv: Isroil uni og‘dirib olmoqchi bo‘lganmi?
12:03 / 16.07.2026