AQŞ Eron tomonidan Yamanda isyonçi husiylar qöllab-quvvatlanayotganidan norozi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotida aytiladi, u Qöşma Ştatlar prezidenti ma'muriyati saytida e'lon qilindi.
«Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusi siyosiy jarayonni qöporişda davom etmoqda, mintaqada jangovar harakatlarni keltirib çiqaryapti va vaziyatni beqarorlaştirmoqda. Ular husiylar va boşqalarga qurol yetkazib beryapti», - deyiladi hujjatda.
Oq uyning fikriga köra, yamanlik husiylar BMT şafeligi ostidagi tinç yeçim topiş jarayoniga zarar yetkazmoqda. «Yamanlik husiylar BMTning Yamanda siyosiy jarayonni faollaştiriş böyiça sa'y-harakatlariga ahmoqona raketa hujumlarini amalga oşiriş tahdidi bilan javob qaytarişdi, bu holat yakşanba kuni ham yuz bergandi», - deyiladi bayonotda.
Şu bilan birga, AQŞ hamkorlarga «kerakli gumanitar yordam taqdim etib va inklyuziv jarayonni qöllab-quvvatlab, özini özi himoya qiliş» maqsadida yordam körsatişda davom etadi.












