Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar o‘q-dorilar kontrabandasiga chek qo‘yishdi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan o‘q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Najimov” chegara-bojxona postida qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro R.D. bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilmasdan turib, 10 ta qutida jami 2 kg. porox, 50 dona 12 mm. kalibrdagi patron, 1536 dona dona kapsulalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, respublikamiz bojxona chegaralari orqali qurol-yarog‘, o‘qotar qurol va o‘q dorilarni kontrabanda qilish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Modomiki, shaxs ushbu buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Mavzuga oid
11:30 / 03.12.2025
Germaniyada noma’lum shaxslar bundesverga tegishli 20 ming dona o‘q-dorini o‘g‘irlab ketdi
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
10:38 / 07.03.2025
Litva kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha konvensiyadan rasman chiqdi
11:23 / 25.02.2025