Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fan doktori oylik maoshi 3,46 million so‘mga yetadi - Prezident qaroriga sharh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga sharh Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda ta'lim va ilm-fan tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli hamda izchil ishlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ustuvor vazifalari bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy va soha tarmoqlarini jadal rivojlantirishga qodir bo‘lgan yangi, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta'minlash maqsadiga muvofiq ko‘zlangan marralarga erishishning jadallashtirilishiga olib keldi.
Biroq, ayni vaqtda respublikaning oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlarning salohiyati past darajada qolib ketmoqda. Ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedogogik kadrlarning mazkur jarayonlardagi ulushi tinimsiz pasayib borayapti. Ko‘p hollarda bu vaziyat ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy unvon yoki ilmiy darajalar olishga bo‘lgan urinishi so‘ngi yillar davomida moddiy manfaatdorlik oqibatida pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda, chunki stajyerlar (ilmiy unvon va darajasiz) bilan professor-bosh ilmiy xodimlar (ilmiy unvon yoki darajaga ega) o‘rtasidagi farq 50 foizdan ortmagan holda saqlanib qolinmoqda.
Ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish, oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining moddiy manfaatdorligini tubdan oshirish, shu jumladan, lavozimlar, ilmiy unvon va darajalar o‘rtasidagi tabaqalashuvni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror 2018 yil 1 sentabrdan boshlab 81 ta oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va 136 ta ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari tarkibining barcha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari sezilarli oshirilishini nazarda tutadi: hammasi bo‘lib 38 mingdan ortiq oliy ta'lim muassasalari (28,1 ming odam) va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari (8,0 ming odam), shuningdek 1,9 ming doktorantlar.
Bazaviy lavozim maoshlari tabaqalashtirilgan holda oshirilib, birinchi o‘rinda ilmiy unvon yoki darajaga ega bo‘lgan xodimlarga tadbiq etiladi. O‘rtacha hisobda bazaviy lavozim maoshlari 25 foizga oshiriladi (stajyerlarga 5% dan oliy ta'lim muassasalari professorlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining bosh ilmiy xodimlariga 38% gacha). Tabaqalashtirilgan bazaviy lavozim maoshlari oshirilishini nazarda tutgan holda egallab turgan lavozimidan, ilmiy unvon yoki darajasi borligidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda stajyer bilan professor o‘rtasida bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 100 foizga, yoki ikki baravariga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Taklif qilinayotgan chora-tadbirlar oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibi va ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari o‘z bilimlari va kasbiy ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borishlari, ilmiy faoliyatlarini olib borishlari uchun rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqildi.
2018 yilning 1 sentabridan boshlab bazaviy lavozim maoshlari oshirilishiga hammasi bo‘lib 73,8 mlrd. so‘m (38,4 – davlat byudjyeti mablag‘lari), ulardan 60,3 mlrd. so‘m – oliy ta'lim muassasalari uchun (24,9 - mlrd.so‘m davlat byudjyeti mablag‘lari), 11,3 mlrd. so‘m – ilmiy-tadqiqot institutlari uchun, shuningdek, 2,2 mlrd. so‘m oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlari uchun qo‘shimcha ajratilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga respublikaning oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga mehnat haqi to‘lashda qo‘shimcha oylik harajatlari miqdori 18,4 mlrd. so‘m bo‘lib, jumladan, 9,6 mlrd. so‘mi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Qaror bilan alohida belgilanganki, oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlarida ta'lim olayotgan 1923 nafar tadqiqotchilarga ilmiy unvoni yoki darajasi bo‘lmagan kichik ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga tenglashtirilib, 1,76 mln. so‘m, (bazaviy doktorantura, 1669 nafar) hamda fan nomzodi ilmiy darajasi yoki unvoni bo‘lgan yetakchi ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga teng bo‘lgan - 2,2 mln. so‘m (doktorantura, 254 nafar) miqdorida oshirilgan stipendiya (17 foiz-18 foizga oshiriladi) to‘lanadi.
Mazkur qaror bilan fan doktori ilmiy darajasi bo‘lgan professorlar mehnat haqi miqdori 38-44% ga oshiriladi va amaldagi 2,5 mln. so‘m o‘rniga 3,46 mln.so‘m bo‘ladi va shu bilan stajyer-o‘qituvchining mehnat haqi miqdori bilan 100 foizli tafovutni hosil qiladi (stajyer maoshi – 1,73 mln.so‘m).
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida fan doktori darajasi yoki professor unvoniga ega bosh ilmiy xodimning mehnat haqi amaldagi 2,25 mln. so‘m o‘rniga 38 foizga oshirilib, 3,11 mln. so‘mga yetadi, stajyer-tadqiqotchi mehnat haqi miqdoridan 100 foizga yoki ikki baravarga oshiriladi (stajyer maoshi – 1,55 mln. so‘m.).
Qabul qilingan qaror respublikaning oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash yo‘li orqali ta'lim sifatini va ilmiy faoliyatni oshirish masalalarini hal etish, oliy ta'lim muassasalari va akademik ilm-fanini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iste'dodli yosh olimlar va talabalarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb qilishga yordam beradi.
Mavzuga oid
20:04 / 25.08.2025
AQSh mehnat bozorida Buyuk retsessiya davridagi holat kuzatilmoqda
19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi
21:15 / 23.02.2023
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berildi – prezident qarori
18:56 / 30.01.2023