12:57 / 05.04.2018
13406

Nurmagomedov Holloueyga ta'rif berdi

Foto: Getty Images

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov yengil vazn toifasida UFC chempioni kamari uchun amerikalik Maks Holloueyga qarshi kechadigan jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Maksga men bilan jangga chiqishga rozi bo‘lgani uchun rahmat. U – Konor Makgrekordan farqli ravishda, erkak. Maks uchun bu uzoq kecha bo‘ladi. U meni yaqinlarim ko‘z o‘ngida nokaut qilishga urinib ko‘radi, biroq men oktagondagi 25 daqiqani uning uchun juda qiyin vaqtga aylantiraman», - deya va'da berdi jangchi.

Shuningdek, Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson jangga bir hafta qolganida tizzasidan jarohat olgani tufayli bahsdan bosh tortgach, yangi raqibga qanday tayyorgarlik ko‘rganini aytib berdi.

«Men Toniga bor e'tiborni qaratgandim, endi o‘zgarishim kerak. Maksga keladigan bo‘lsak, u tana massasi bo‘yicha mendan kam emas, hozir esa hattoki yirikroq. U Joze Aldo, Entoni Pettis kabi kuchli jangchilarni taslim etgan. Biroq Maksga men bilan teng bahs olib borish uchun 25 yil tayyorgarlik talab etiladi».

Nurmagomedov va Hollouey o‘rtasidagi jang Nyu-Yorkdagi UFC 223 doirasida 7 apreldan 8 aprelga o‘tar tunda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Fergyusonga vaysamaslikni maslahat bergandi.

Mavzuga oid
Top