Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev neftni qayta ishlovchi yangi zavod qurilishi ustuvor masala ekanligini aytdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda neftni qayta ishlovchi yangi zavod qurilishi muhimligini ta'kidlab o‘tdi. U bu haqda “Tengizshevroyl” neft-gaz kompaniyasining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirdagi nutqida aytib o‘tdi.
“Neft va gaz narxlarining tez o‘zgarayotgani, muqobil texnologiyalar rivojlanishi sababli nafaqat neftni sotish, balki neft va gazni chuqur qayta ishlash masalasi turibdi. Qozog‘iston bundan manfaatdor. Chevron bu yo‘nalishda katta tajribaga ega. Ishonchim komilki, Chevron har doimgidek bu yo‘nalishdagi ishni qo‘llab-quvvatlaydi”, deb aytgan Nazarboyev.
“Bugungi uchrashuvda hukumatga Chevron bilan birga neftni qayta ishlash korxonalarini qurish masalalarini ko‘rib chiqish zarurligini aytdim. Qozog‘istonni import neft mahsulotlar olib kirish tobeligidan chiqarish uchun birinchi o‘rinda neftni qayta ishlovchi yangi zavod qurilishi masalasi turadi”, deb aytgan Qozog‘iston prezidenti.
“Tengizshevroyl” kompaniyasi 1993 yilda Qozog‘iston hukumati va Chevron kompaniya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra Tengiz konini o‘zlashtirish uchun tashkil etilgan.
Mavzuga oid
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025