Sport | 22:59 / 05.04.2018
34502
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov jahon chempionatida katta daromad olishi mumkin

Foto: East News/Maurizio Borsari

Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionati o‘yinlarida ishtirok etadigan hakamlarning maoshlari e'lon qilindi.

Marca xabariga ko‘ra, bosh hakamlar musobaqada ishtirok etgani uchun 57 ming yevro va bunga qo‘shimcha ravishda, boshqargan har bir o‘yini uchun 2500 yevro gonorar olishadi. Hakamlarning assistentlari 20 ming yevro va bunga qo‘shimcha qilib, har bir o‘yin uchun 1 600 yevro oladilar.

Eslatib o‘tamiz, turnirda o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov ham ish olib boradi. Ammo uning qanday maqomda ishtirok etishi hozircha ma'lum emas. 

Ravshan Ermatov shu kungacha 2010 va 2014 yillardagi JChda jami 9ta o‘yinda bosh hakam sifatida ishlagandi. Bu borada u rekordchi sanaladi. Hech bir hakam JCh tarixida Ermatovdan ko‘proq o‘yinni boshqarmagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid