Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni mudofaa kuchlari neft obektlariga berilgan zarbani qaytardi
Saudiya Arabistonining havo hujumiga qarshi kuchlari yamanlik isyonchilar tomonidan Jizan okrugi tomon uchirilgan ballistik raketani urib tushirdi. Jizanda Saudi Arabian Oil Co. davlat neft kompaniyasi obektlari joylashgan. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Voqeadan keyin kompaniyada “uning barcha obektlari, jumladan Jizandagi obektlar xavfsizlikda ekani va normal ishlayotgani” ma'lum qilingan.
Avvalroq OAV mart oxirida Saudiya Arabistoni tomonidan raketa hujumini qaytarish vaqtida AQShda ishlab chiqarilgan Patriot PAC-2 SAM majmuasining MIM-104C raketalari ishdan chiqqanini ma'lum qilgandi. Raketalardan biri uchirilishi bilanoq havoda portlagan, yana biri aholi turadigan joyga tushgan. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya vakili esa aholi turadigan hududga Yamandan uchirilgan raketa bo‘laklari tushganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026