Jahon | 20:21 / 05.04.2018
4910
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatining mustahkamlanishi Koreya yarimorolida urushning oldini olganini aytdi

Foto: AP Photo / Korean Central News Agency/Korea News Service

Shimoliy Koreya yadroviy kuchlarining mustahkamlanishi Koreya yarimorolida urushning boshlanishi oldini olishga va keskinlikning kamayishiga olib keldi. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo aytib o‘tdi.

“Bu tarixiy o‘zgarish (keskinlikning kamayishi) – o‘rtoq Kim Chen In tomonidan ta'minlangan qimmatli in'omdir. U milliy yadroviy kuchlarni mustahkamlash tarixiy maqsadiga erishdi hamda millat va tinchlikka muhabbati tufayli jasur qaror qabul qildi”, deb aytgan Li Yon Xo harbiy bloklarda ishtirok etmaslik tamoyiliga ko‘ra 120 ta davlatni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot – Qo‘shilmaslik harakatining Bokudagi anjumanida.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid