O‘zbekiston | 20:29 / 05.04.2018
7465
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Islom akademiyasida ilk bor videoselektor tarzida ilmiy-o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 5 aprel kuni O‘zbekiston Islom akademiyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil qilingan «Ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash va Islom dini ma'rifatini tarqatishda diniy soha xodimlarining o‘rni» mavzusida ilmiy-o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Musulmonlar idorasi tomonidan ilk bor videoselektor tarzida tashkil qilingan ushbu ilmiy anjumanga O‘zbekistonda din sohasida xizmat qilayotgan uch mingdan ziyod kishi – muftiylar, qozilar, imom-xatiblar, mudarrislar, noshirlar, masjid xodimlari va boshqa ko‘plab mehmonlar qatnashishdi. Bu haqda Islom.uz xabar bermoqda.

Foto: Islom.uz

Ushbu ilmiy-o‘quv seminarda «Islom dini ma'rifatini tarqatishda diniy soha xodimlarining dolzarb vazifalari», «O‘zbekiston Islom akademiyasining tashkil etilishi –yurtimizda diniy ta'lim sohasidagi islohotlar mahsuli», «XX asr o‘zbek adabiyotida islomiy mavzular», «Diniy jurnalistikaning shakllanishi» va boshqa ko‘plab mavzularda ma'ruzalar qilindi. 

Foto: Islom.uz

Anjuman so‘ngida uni videoselektor orqali kuzatib turgan viloyat imom-xatiblariga so‘z berildi.

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrullo Turmatov hamda Andijon viloyati bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarovlar o‘z viloyatlarida diniy va ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha hisobot berishdi.

Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz

Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz
Foto: Islom.uz

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid