Qaror bilan tasdiqlangan Özbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga qabul qiliş tartibi töğrisidagi Nizomga muvofiq, Akademiyaga talabalikka qabul qiliş Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.

Din işlari böyiça qömita matbuot xizmati xabariga köra, qabul qiliş tartibi, hujjatlarni qabul qiliş muddatlari, bakalavriat ta'lim yönalişlari mutaxassisliklarining nomlari, qabul parametrlari töğrisidagi ma'lumot Akademiyaning internet jahon axborot tarmoğidagi rasmiy veb-sayti va axborot stendlarida joylaştiriladi.

Şuningdek, qaror bilan 2020/2021 öquv yilidan boşlab Özbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga öqişga kirişga hujjat topşirgan abituriyentlar uçun dastlabki imtihondan ötiş tartibi joriy etiladi.

Dastlabki imtihonni ötkaziş jadvali Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va uni ötkaziş boşlanişidan kamida 10 kun avval Akademiyaning internet jahon axborot tarmoğidagi rasmiy veb-saytida joylaştiriladi.

Dastlabki imtihon Akademiya negizida zarur texnik, tibbiy va boşqa şaroitlarni yaratgan holda ötkaziladi. Bino va auditoriyalar xavfsizlik talablari, jumladan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga töliq javob berişi şart.

Dastlabki imtihon natijalari asosida abituriyentlarni kiriş imtihonlarining keyingi bosqiçlariga (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari) ötkaziş yoki ötkazişni rad etiş töğrisida tegişli qaror qabul qilinadi.

Karantinga oid çoralar amal qilişi davrida Akademiyaning bakalavriatiga qabul qiliş jarayonlari vakolatli organlarning karantinga oid hujjatlari talablaridan kelib çiqqan holda (masofaviy, elektron, onlayn va boşqa usullar orqali) amalga oşiriladi.