Muzaffar Komilovga Özbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajariş yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hukumatning 2021 yil 25 may kungi 323-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilovga Xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajariş yuklatildi.
Muzaffar Komilov ilgari Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida boşqarma boşliği, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. U Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 apreldagi qaroriga muvofiq Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari etib tayinlangan.
2019 yildan buyon Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga prezidentning jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça davlat maslahatçisi Rustam Qosimov rektorlik qilib kelayotgandi. U 2021 yil 7 may kuni vafot etdi.
Avvalroq, Şoazim Minovarov Özbekiston prezidentining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida iş boşlagani xabar qilingandi.












