Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat va magistraturasiga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Akademiyaning bakalavriat va magistraturasiga qabul bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida Özbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisidagi tegişli qarori bilan belgilanadigan davlat grantlari hamda tölov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oşiriladi.

Akademiyaning umumiy belgilangan qabul körsatkiçlari kvotasidan taşqari qöşimça kvotalar hamda Akademiyaning bakalavriatiga öqişga kirişda imtiyozlar Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan belgilanadi.

Akademiyaning bakalavriat va magistraturasiga talabalikka qabul qiliş Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.

Bakalavriat va magistraturaga qabul qilişni taşkil etiş tegişli öquv yili uçun taşkil etiladigan Akademiya qabul komissiyasiga yuklanadi. Qabul komissiyasining tarkibi Akademiya rektorining buyruği bilan tasdiqlanadi.

Akademiya rektori qabul komissiyasining raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasining joriy işlarini mas'ul kotib taşkil qiladi.

Qabul komissiyasi hujjatlarni qabul qiliş tartibi va muddatlari, bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarining nomlari hamda Akademiya bakalavriati va magistraturasiga qabul kvotalari haqidagi ma'lumotni abituriyentlar hamda jamoatçilikka oldindan yetkazadi.

Akademiyaga qabul qiliş tartibi, hujjatlarni qabul qiliş muddatlari, bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarining nomlari, Akademiya bakalavriati va magistraturasiga qabul kvotalari haqidagi ma'lumot Akademiyaning rasmiy veb-sayti, şuningdek, axborot stendlarida joylaştiriladi.

Özbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga öqişga qabul qilişda abituriyentlar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar:

rektor nomiga bakalavriat ta'lim yönalişi, öquv tili va şakli körsatilgan ariza;

umumiy örta ta'lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;