Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir yil davomida O‘zbekiston chegarasidan qancha chet ellik fuqaro o‘tgani ma'lum bo‘ldi
2017 yilda O‘zbekistonning chegara nazorat punktlari orqali 22 milliondan ziyod kishi, shu jumladan 7 millionga yaqin xorijiy fuqarolar o‘tdi. Bu haqda CA-news O‘zA’ga asosan xabar tarqatdi.
Mamlakatda 69 ta chegara nazorat punktlari mavjud bo‘lib, Afg‘oniston bilan chegarada uchta chegara punkti, Qozog‘iston bilan – 12ta, Qirg‘iziston bilan – 16ta, Tojikiston bilan – 16ta va Turkmaniston bilan chegarada 10ta bor.
2017 yilda 4 940 chegarabuzar qo‘lga olindi, 48,97 kg giyohvand moddalar va 285 dona qurol ushlandi, 1 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda valyuta olib qo‘yildi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 51 mamlakat fuqarolari uchun turistik vizalar berishning soddalashtirilgan tartibi mavjud bo‘lib, 16 mamlakat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib o‘rnatildi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026