Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Durov Telegram'ni Britaniyada ro‘yxatdan o‘tkazgani haqidagi xabarni inkor etdi
Mashhur Telegram messenjeri asoschisi va rahbari Pavel Durov Telegram Open Network Limited kompaniyasini Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tkazdi. Britaniya hukumati firmalar rasmiy reyestri shundan dalolat bermoqda.
Hujjatlarga muvofiq, firma 28 fevral kuni Londonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va Vaterloo temir yo‘l vokzali yaqinidani Vaterloo ko‘chasida joylashgan. Kompaniyaning bosh direktori sifatida Durovning o‘zi qayd etilgan. Kompaniyaning ustav kapitali 800 million funt sterlingni tashkil qiladi.
RIA "Novosti"ning rossiyalik ishbilarmon Britaniya fuqaroligini olgan yo olmaganligi haqidagi savolga mamlakat IIV izoh berishdan bosh tortdi. Biroq ma'lum bo‘lishicha, u yerda firma ochish uchun fuqarolikka ega bo‘lish shart emas. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatning yuridik shaxslari ochiq reyestrida Durov Buyuk Britaniya fuqarosi sifatida qayd etilgan.
Biroq Telegram asoschisi Pavel Durov Buyuk Britaniya fuqaroligini olgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Pavel Durov TJ bilan suhbatda bu xabarni "feyk" deb atab, rad etgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026