Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone servis markazga kelgan ayolning qo‘lida portlab ketdi
Xitoyning Xeyluntszyan provinsiyasida istiqomat qiluvchi ayolning qo‘lidagi iPhone portlab ketdi. Natijada u kuyish jarohatlarini olgan. Hodisaning qiziq tomoni shundan iboratki, u ayol o‘z smartfonini olib kelgan servis markazda yuz bergan, deb xabar qilmoqda Setn.com.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yanvarda u Tuntszyane shahridagi servis markazga murojaat etib, iPhone’ning batareyasini almashtirgan, sababi eskisida quvvat tez tugay boshlagan. "Yangisi" o‘zini yomon ko‘rsatdi hamda 3 aprel kuni kechqurun ayol yana ustaxonaga yo‘l oldi. U smartfondagi barcha kamchiliklarni sanayotganida, qurilma egasining qo‘lida portlab ketgan.
Olov ayolning yuziga kelib urildi, so‘ng kiyimiga tarqaldi. Natijada u yuz va chap qo‘l kuyishi bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qildi.
Hodisadan so‘ng jabrlanuvchi Apple qo‘llab-quvvatlash xizmatiga chiqdi, biroq tovon pulida rad javobi berildi – ma'lum bo‘lishicha, servis markazi rasmiy sertifikatga ega bo‘lmagan holda ishlagan.
Akkumulyator nima sababdan portlab ketgani noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026