21:59 / 06.04.2018
19517

Qatl etilgan irlandiyalik 140 yildan keyin oqlandi

Foto: Irish Times

Irlandiyada 140 yil avval qatl etilgan Maylz Joys ismli erkak oqlandi. Bu haqda Irish Times nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, Joys Irlandiya Respublikasi tashkil etilishidan avval sodir etilgan jinoyat uchun dorga osish orqali qatl etilgan. Uni Irlandiyaning amaldagi prezidenti Maykl Xiggins afv etdi. Xiggins ushbu voqea “Irlandiya va Britaniya tarixidagi sharmandali holat” ekanini ta'kidlab o‘tgan. Uning qarori deyarli 1,5 asr avval sodir etilgan xatoni to‘g‘rilashga qaratilgan.

Ta'kidlanishicha, jabrdiyda 5 kishining o‘ldirilishida ayblangan. Joys 1882 yilda u bilan birga sudlangan ikki erkak uning aybsizligini ta'kidlashiga qaramasdan, qatl etilgan. Sud jarayoni ingliz tilida olib borilgan, Joys esa uni bilmagan. Qotillik qurbonlari 6 kishidan iborat oila a'zolari bo‘lishgan. Ular o‘z uylarida halok bo‘lganlar. Ma'lum qilinishicha, Joys qurbonlardan ba'zilari bilan tanish bo‘lgan, biroq uning qotillikka aloqadorligiga shubha bo‘lgan.

Irlandiya hukumati Joysning aybsizligi haqida ilk bor 2015 yilda unga qo‘yilgan ayblov yolg‘onligi aniqlangandan keyin ma'lum qilgan. 

Top