Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mersedes» olishga puli bo‘lsa, turargohga ham to‘lasin – Nazarboyev Ostonadagi vaziyatdan g‘azablandi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada avtomobillar turargohlari masalasiga yechim topish vazifasini topshirdi.
Uning 5 aprel kuni shaharni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytgan so‘zlariga ko‘ra, quruvchilardan yer osti turargohlari bo‘lgan binolar qurishni talab qilish kerak.
«Ostonaga qaraganda kattaroq shaharlar bor, ular vaziyatga qandaydir yechim topmoqda. Tartib yo‘q. Turargoh uchun pul olinmayapti. Agarda «Mersedes» sotib olishga pul bo‘lsa, unda avtoturargoh uchun har bir soatga ham to‘lashsin, yo‘q bo‘lsa, unda qog‘ozlarni yopishtirish hamda eng qattiq tarzda jarimaga tortish lozim», - deya aytib o‘tgan Qozog‘iston rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tushunarsiz vaziyat tufayli tez yordam va o‘t o‘chirish xizmati mashinalari binolarning yoniga yaqinlasha olmayapti.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
20:04 / 29.12.2025