Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda xorijga pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlar yengillashtirildi
Foto: CA-News
Tojikiston Milliy banki chet elga pul jo‘natmalari bo‘yicha avval joriy etilgan cheklovlarni yengillashtirdi, deya xabar bermoqda Tojikiston Respublikasi MB.
Xususan, 204-sonli yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq Tojikiston fuqarolari chet elga kuniga 87,5 ming somoniy (10 ming dollar)gacha pul jo‘natishi mumkin. Bundan oldin kuniga 27 ming somoniy (3 ming dollar) miqdorida pul o‘tkazish mumkin edi.
Endilikda fuqarolar pul o‘tkazmasini somoniy yuborishlari mumkin, bank esa konvertatsiyani amalga oshiradi va qabul qiluvchi pulni kerakli valyutada oladi.
Mamlakat Milliy bankidan xabar berilishicha, 10 ming dollargacha pul yuborish qo‘shimcha hujjatlarni talab qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda chet elga bank o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlar 2016 yilda joriy qilingan.
Mavzuga oid
20:22 / 28.01.2026
Xorijdan O‘zbekistonga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari miqdori qanday o‘zgaryapti?
14:22 / 20.01.2026
Statistika qo‘mitasi: pul o‘tkazish xizmatlari 8,7 foizga oshgan
15:02 / 13.11.2025
RFda fuqarolarga o‘ziga yirik bank o‘tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanadi
12:59 / 24.10.2025