Markaziy bank 2025 yildagi P2P o‘tkazmalari bo‘yicha tahliliy statistik raqamlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida karta orqali o‘tkazmalar asosan kundalik hisob-kitoblar va o‘zaro to‘lovlar uchun ishlatilgan.

Barcha tranzaksiyalarning 46,1 foizi 1 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘tkazmalardan iborat — ya’ni yil davomida amalga oshirilgan har ikkinchi o‘tkazma kichik summaga to‘g‘ri keladi. 1–5 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar 16,8 foiz, 5–10 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar esa 8,6 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, 10 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalarining ulushi — 18,3 foiz, 50−100 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar 5,4 foiz, 100−200 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar 3,2 foiz, 200−500 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar 1,4 foiz bo‘lgan. Jami operatsiyalarning 0,2 foizi 500 mln so‘mdan ortiq o‘tkazmalarga to‘g‘ri keladi.