Pavel Durovning «VKontakte» ijtimoiy tarmoği ustidagi iş böyiça sobiq şerigi Anton Rozenberg RT’ga Telegram’da foydalanuvçilar qurilmasida xabarlarni şifrlaş qanday amalga oşirilişi haqida aytib berdi.

«Telegram'da çatning ikki turi bor: bulutli va maxfiy. Maxfiysida end-to-end şifrlanişidan foydalaniladi, ya'ni xabar jönatuvçi telefonida şifrlanadi, oluvçida şifrdan çiqariladi, şuning uçun Telegram xabar içini körmaydi, faqat metama'lumotlarni (kim kimga va qaçon yozgani hamda matnning taxminiy hajmi) biladi. Bu ança işonçli, biroq Telegram’da amalga oşiriş unça qulay emas, maxfiy çatlar faqat bir qurilmada işlatilişi mumkin, va şuning uçun ulardan deyarli heç kim foydalanmaydi», - deya aytib ötdi u.

Rozenbergning aniqlik kiritişiça, qolgan barça çatlar bulutli – bu oddiy şaxsiy xabarlar, şuningdek, barça guruhlar, superguruhlar va kanallar, hamda Telegram’da ulardan kalitlar bor. Bulutli çatlarda xabarlar telefonda şifrlanadi, messenjer serverlariga MTProto protokoli yordamida uzatiladi, u yerda şifrdan çiqariladi va saqlanadi. Umuman olganda, bunday çatlarning saqlanişi «VKontakte»dagi xabarlar saqlanişiga öxşaş.  

«Agarda ötgan yili Pavel FXX talabi texnik imkonsiz ekanini, sababi messenjerda maxfiy çatlardan kalitlar yöqligini (garçi ulardan deyarli heç kim foydalanmaydi, va FXX ham ular haqida heç narsa söramagan) har gal ma'lum qilib, dalillardan qulaylik bilan foydalangan bölsa, Roskomnadzorga Telegram manfaatlarini sudda taqdim etuvçi «Agora» yuristlaridan kelgan sönggi xatda yolğonlik yangi darajaga çiqdi, sababi tayyorlanmagan öquvçilarda xuddi Telegram’da bulutli çatlarga kiriş imkoni yöqligi haqida tasavvur paydo böladi. Garçi harakatlarni amalga oşiriş hamda barça bulutli çatlarda end-to-end şifrlanişini qiliş foydalanuvçilarga nisbatan ança adolatli munosabatga aylangan bölardi. Yoki heç bölmasa, nima qanday işlaşini va Telegram işlab çiquvçilarida xabarlarga kiriş imkoni borligi yoki bu texnik jihatdan mumkin ekanini aytiş ham yaxşi bölardi», - deya ta'kidlab ötdi u.