Jahon | 11:26 / 07.04.2018
4960
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp noqonuniy muhojirlarga nisbatan «ushladi va qo‘yib yubordi» amaliyotini to‘xtatishga chaqirdi

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat hududida bo‘lib turgan noqonuniy muhojirlarga nisbatan «ushladi va qo‘yib yubordi» amaliyotidan foydalanishni bas qilish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Xabar berilishicha, Tramp yangi qarorni imzoladi, unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga aksariyat holatlarda hibsdan ozodlikka muddatdan avval chiquvchi noqonuniy muhojirlarga nisbatan «ushlash va qo‘yib yuborish» amaliyotidan foydalanmaslik bo‘yicha chaqiriq bor. 

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar rahbari hujjatning alohida qismida mudofaa vaziri Jyeyms Mettisga noqonuniy muhojirlarning qo‘lga olinishi uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan harbiy obektlar ro‘yxatini tayyorlash vazifasini topshirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid