Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan chegaradagi mojaro bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari Abdulla Oripov hamda Sapar Isakov o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ular 7 aprel kuni chegarada Qirg‘iziston fuqarosi o‘zbek chegarachilari tomonidan otib o‘ldirilishi voqeasini muhokama qilishgan.
Tomonlar 9 aprel kuni ikki davlat chegara xizmati rahbariyati, shuningdek, boshqa tegishli muassasalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan.
Yaqin vaqtlar ichida ishchi guruh tomonidan hodisa batafsil o‘rganiladi va natijalar bo‘yicha rahbariyatga hisobot beriladi.
7 aprel kuni Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Qirg‘iziston hududida turgan shaxsga qarata o‘q uzgani haqida xabar tarqatdi.
Nashrlarda ma'lum qilinishicha, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Kerbent shahri yaqinida yuz bergan hodisa oqibatida 1984 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi shifoxonada vafot etgan.
Shu kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi chegaradagi hodisa yuzasidan O‘zbekistonga nota yo‘lladi.
Qirg‘iziston TIV rasmiy Bishkek «ushbu masalani nazorat qilib turgani va ikki mamlakatning tegishli xizmatlari bilan doimiy muloqotda ekani»ni qayd etdi.
O‘zbekiston tomoni esa Qirg‘iziston fuqarosiga o‘q uzilganida, u O‘zbekiston hududida bo‘lganini bildirdi.
Mavzuga oid
20:00
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026