20:29 / 08.04.2018
7529

«Arsenal» irodali g‘alabaga erishdi

Angliya chempionatining 33-turida «Arsenal» «Sauthempton»ni qabul qildi. Londondagi «Emireyts» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda birinchi bo‘lib mehmonlar hisobni ochgandi, Sheyn Long 17-daqiqada aniq harakat qildi. Ko‘p o‘tmasdan Denni Uelbekning pasidan keyin Per-Emerik Obameyyang hisobni tenglashtirdi, 38-daqiqada Uelbekning o‘zi gol urib, jamoani oldinga boshladi. «Sauthempton» safida Charlz Ostin 73-daqiqada yana bir gol urdi - 2:2. Ammo 81-daqiqada Uelbek dublni rasmiylashtirib, o‘yin qahramoniga aylandi - 3:2.

Ikki jamoadan ham bittadan futbolchi o‘yin oxirida maydondan chetlatildi.

Bu g‘alaba «Arsenal» APLda qatorasiga uchinchi g‘alabaga erishishi bo‘ldi. Endilikda Arsen Venger jamoasi 54 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda, «Sauthempton» 28 ochko bilan 18-o‘rinda.

Angliya chempionati
33-tur
Arsenal – Sauthempton 3:2
(2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 17 Long, 1:1 – 28 Obameyang, 2:1 – 38 Uelbek, 2:2 – 73 Ostin, 3:2 – 81 Uelbek.
Arsenal – Chex, Chembers, Kolashinats, Belerin (Xolding, 74), Mustafi, Ivobi, Chaka, El-Nenni, Uelbek, Nelson (Uilsher, 64), Obameyang (Lyakazett, 71).
Sauthempton – Makkarti, Xudt, Yosida (Ostin, 72), Bertran, Stivens, Romeu, Uord-Prouz, Tadich, Xeyberg, Soaresh, Long (Sims, 80).
Ogohlantirishlar: Bellerin (50), Uilsher (90), Xudt (90).
Chetlatishlar: Stivens (90), El-Nenni (90).

Top