23:39 / 08.04.2018
8164

«Chelsi» London derbisida g‘alabani qo‘ldan chiqardi

«Chelsi» Angliya chempionatining 33-turida «Vest Hem Yunayted»ni qabul qildi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

Maydon egalari 36-daqiqada Sesar Aspilikuetaning aniq zarbasi evaziga hisobni ochishdi. Ammo «Vest Hem» ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 73-daqiqada Xaver Ernandes hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, «Chelsi» APLda qatorasiga ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozonolmadi. Avvalgi turda Antonio Konte shogirdlari «Tottenhem Hotspur»ga yutqazishgandi (1:3).

Endilikda «Chelsi» 57 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda, «Vest Hem» 34 ochko bilan 14-o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati
33-tur
Chelsi – Vest Hem 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 36 Aspilikueta, 1:1 – 73 Ernandes.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes (Pedro, 78), Fabregas, Kante, Alonso, Villian, Azar, Morata (Jiru, 78).
Vest Hem – Hart, Rays, Ogbonna, Kressuell (Evra, 64), Sabaleta, Kuyate, Nobl, Masuaku, Fernandesh (Ernandes, 70), Joau Mariu (Kallen, 85), Arnautovich.
Ogohlantirish: Nobl (46).

Top