Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myunsterda kafe mijozlariga hujum qilgan shaxsning yonidan topilgan avtomat soxta bo‘lib chiqdi
Foto: AFP
Politsiya Myunsterdagi kafe mijozlariga hujum qilgan haydovchining kvartirasidan Kalashnikov avtomati mulyaji va petardalar topdi. Shahar prokuratura va politsiyasining qo‘shima bayonotida shunday xabar berildi.
"Jinoyatning ehtimoliy sababi haqida hanuz ma'lumotlar yo‘q. Barcha yo‘nalishlarda tergov tadbirlari olib borilmoqda", - deyiladi hujjatda. Unga ko‘ra, kvartiradan topilgan AK-47 avtomati "foydalanish uchun yaroqsiz" bo‘lgan. Bundan avval esa yuk mashinasidan petardalar va to‘pponcha topilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, politsiya kafeda halok bo‘lgan kishilar shaxsini aniqlagan: bu 51 yoshli ayol va 65 yoshi erkak. Og‘ir jarohat olganlarning ahvoli yaxshilanmagan. Bundan avval 6 nafar kishining og‘ir jarohat olgani haqida xabar berilgan edi, biroq so‘nggi bayonotda aniq raqamlar keltirilmagan.
Shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da Myunster shahrining tarixiy markazida yuk mashinasida Kiepenkerl kafesi mijozlariga hujum qilingan. Haydovchi o‘z joniga qasd qilgan. Ikki kishi halok bo‘lgan, 20 nafari jarohat olgan.
Bild nashriga ko‘ra, hujum qilgan haydovchi - avval sudlanmagan 48 yoshli GFR fuqarosi bo‘lib, u ruhan nosog‘lom kishi bo‘lgan. Erkak bunga qadar ham o‘z joniga qasd qilishga uringan. Yuk mashinasi uning nomiga rasmiylashtirilgan. Voqea sodir bo‘lgan joy hanuz politsiya nazoratida, huquq-tartibot organlari xodimlari dalil to‘plashmoqda.
Mavzuga oid
12:48 / 04.02.2025
Tojikistondagi koloniyada mahbuslar qochishga urinib, qo‘riqchilarga hujum qildi
11:34 / 01.01.2025
Berlinda pichoqli hujum: ikki kishi yaralandi
11:30 / 16.05.2024
Rossiyaning bir qator hududlari havo hujumlariga uchradi
09:20 / 14.11.2023