Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Shimoliy Koreyaga ommaviy qirg‘in qurollari uchun materiallar eksporti taqiqlandi
Xitoy BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi talablarini bajarish doirasida Shimoliy Koreyaga ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqarishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan materiallar va texnologiyalar eksportini taqiqladi. Bu haqda Xitoy tijorat vazirligida ma'lum qilingan.
“BMT Xavfsizlik kengashining 2575-rezolyutsiyasini bajarish doirasida va “Tashqi savdo haqida”gi qonunning 16- va 18-moddalariga muvofiq, Shimoliy Koreyaga ommaviy qirg‘in qurollari va ularni tashish vositalariga taalluqli materiallar va texnologiyalar hamda oddiy qurollar uchun ikki maqsaddagi materiallar eksporti taqiqlansin”, deb aytilgan bayonotda.
Taqiqlov bayonot chop etilgan kundan kuchga kirgan.
Xitoy tijorat vazirligi eksport qilinishi taqiqlangan materiallar va texnologiyalarning batafsil ro‘yxatini e'lon qilgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026