Jamiyat | 15:58 / 09.04.2018
6995
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fuqaroni 26 ming dollarga aldab ketgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 7 aprel kuni IIBga tushgan hujjatlar asosidagi ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil 25 oktabr kuni Yunusobod tumani 16-dahada yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan S.P. 1985 yilda tug‘ilgan A.H.ga ATB “Davr bank” Olmazor filialidan 2.000.000.000 so‘m miqdorida kredit olib berishini aytib aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 26 300 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida S.P. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid