Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viktor Orban Vengriya bosh vaziri lavozimini saqlab qoldi
Foto: Attila Volgyi / Xinhua / Globallookpress.com
Vengriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida amaldagi bosh vazir rahbarligidagi «Fides» partiyasi boshchilik qilgan koalitsiya g‘alaba qozondi.
Byulletenlarning 98 foizi hisoblab chiqilganda, koalitsiya 48 foiz ovoz to‘plagani va parlamentdagi 199 o‘rindan 133tasini qo‘lga kiritgani ma'lum bo‘lgan.
Parlament saylovi natijalari Orbanga Vengriya rahbarligida uchinchi muddatga ham qolishiga imkon beradi. Bu esa Vengriya tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘ladi.
Saylovning ilk natijalari e'lon qilingach chiqish qilgan Orban «Fides»ning g‘alabasini «tarixiy g‘alaba» deb atadi.
«Qadrli do‘stlar, katta jang ortda qoldi. Biz katta tarixiy g‘alabani ta'minladik, Vengriyani himoya qilishda davom etamiz», degan Orban.
Viktor Orban partiyasi 2010 va 2014 yillarda ham parlamentdagi o‘rinlarning uchdan ikki qismini egallagandi.
Orban yevroskeptik sifatida tanilgan, u xristian qadriyatlarini himoya qiladi, noqonuniy migratsiyaga qarshi turadi.
Mavzuga oid
13:20 / 18.02.2026
“Rosatom” Vengriyadagi AES bo‘yicha Siemens Energy bilan shartnomani bekor qildi
15:29 / 17.02.2026
O‘zbekiston va Vengriya AES loyihasi bo‘yicha shartnomaviy masalalarni muhokama qilmoqda
13:21 / 17.02.2026
Rubio AQSh–Vengriya munosabatlarida “oltin davr” boshlanganini aytdi
11:15 / 17.02.2026