Jahon | 09:34 / 10.04.2018
6059
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy olib kiriluvchi tovarlarga qator import bojlarini pasaytiradi

Foto: Getty Images

Xitoy 2018 yilda mamlakatga import qilinuvchi qator tovarlarga bojlarni pasaytiradi. Shu bilan birga, avtomobillarni olib kirishga bojlar jiddiy ravishda qisqaradi, deya ma'lum qildi XXR raisi Si Tszinpin Boaodagi Osiyo iqtisodiy forumi ochilish marosimida.

"Joriy yilda biz avtomobillarni olib kirishga, shuningdek boshqa tovarlarga bojlarni jiddiy ravishda pasaytiramiz", - deya ma'lum qildi Xitoy yetakchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy noyob jihatlarga ega bo‘lgan tovarlar importini oshirish niyatida, ularga aholida ehtiyoj bo‘lishi kerak.

"Shuningdek biz umid qilamizki, rivojlangan davlatlar yuqori texnologiyali mahsulotning odatiy va adolatli savdosi sohasida sun'iy cheklovlar joriy etishni bas qiladi, tovarlarning bu turi bo‘yicha Xitoy uchun eksport nazoratini yengillashtiradi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Si Tszinpin.

Shuningdek uning eslatishicha, joriy yilning noyabrida Shanhayda China International Import Expo birinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, u har yillik ko‘rinish oladi. Si Tszinpinning fikricha, Expo Xitoy bozorini butun dunyodan keltiriluvchi tovarlarga ochishni yanada rivojlantirish uchun yaxshi maydonchaga aylanadi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid