Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandan kelib Toshkentda bosqinchilik va talonchilik qilgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyatchi ushlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 8 aprel kuni avval sodir etgan jinoyati uchun ushlangan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Xojikent qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1997 yilda tug‘ilgan S.O.ni tergov qilish jarayonida, u joriy yilning 3 yanvar kuni soat 23.00larda, M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan “Bochka” restorani oldida 1998 yilda tug‘ilgan K.U.ning boshiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, ichida “Nokiya” mobil telefoni, va pullari bo‘lgan sumkasini olib ketganligi aniqlangan.
Shuningdek, u 2018 yil 3 yanvar kuni “Bochka” restorani oldida soat 00.10larda, 1977 yilda tug‘ilgan S.O.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ichida “UzTe” mobil telefoni va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini olib ketganligi aniqlangan.
Mavzuga oid
12:10
Samarqandda bankka bostirib kirib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026