Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriya tufayli Lotin Amerikasiga safarini bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Lotin Amerikasiga safarini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Bayonotda ma'lum qilinishicha, Tramp Perudagi sammitga bormaydi.
«Prezident Qo‘shma Shtatlarda qoladi, u rahbariyat bilan Suriya masalasini muhokama qiladi, dunyodagi voqealarni monitoring qiladi», — deyilgan xabarda.
Tramp o‘rniga AQSh nomidan sammitga vitse-prezident Mayk Pens boradi.
Bundan avvalroq Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chem In bilan uchrashuvi may oyi oxirida yoki iyun oyi boshida o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.