Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:27 / 10.04.2018
6501
1 daqiqa o‘qiladi
Trampning terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi iste'foga chiqdi
Foto:AP/Evan Vucci
AQSh prezidenti Donald Trampning terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi Tom Bossert iste'foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.
“Prezident Bossertga buyuk davlatimizning bus-butunligi va xavfsizligini ta'minlagani, vatanimizni terrorchilik tahdidlaridan himoyalash, kiberhimoyamizni mustahkamlash va misli ko‘rilmagan tabiiy ofatlarga javob berish bo‘yicha sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi”, deb aytgan Sanders.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish