Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston samolyotlarini ta'mirlab beradi
O‘zbekistonning Uzbekistan Airways Technics(UAT) aviakorxonasi Afg‘oniston samolyotlariga texnik va ta'mirlash xizmatlarini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston transport vaziri Muhammad Hamid Taxmasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu boradagi kelishuvga erishildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
O‘zbekiston tomoni, shuningdek, Afg‘oniston aviatsiyasi sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashadi.
Eslatib o‘tamiz, UAT uzoq yillardan beri samolyotlarni ta'mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelyapti.
Ayni paytda mazkur korxona mahalliy va xorij aviakompaniyalarining barcha rusumdagi havo laynerlariga servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur texnik baza va yuqori tajribali kadrlarga ega bo‘lib, bu yerda yiliga kamida o‘nta samolyot qaytadan taxt holiga keltiriladi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
18:11 / 20.06.2026