Jahon | 23:25 / 11.04.2018
4813
1 daqiqa o‘qiladi

Air France Suriyadagi vaziyat sababli parvozlari yo‘nalishini o‘zgartirmoqda

Foto: Flickr / Olivier Cabaret

Fransiyaning Air France aviakompaniyasi AQShning Suriyaga zarba berishi mumkinligi ortida ba'zi parvozlari yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilingan.  

Ta'kidlanishicha, bu asosan Bayrut va Tel-Avivga parvozlarga taalluqli bo‘ladi. 

Aviakompaniya vakilining ta'kidlashiicha, kompaniya “odatda xalqaro yoki milliy regulyatorlar tavsiyalariga amal qiladi”. “Yo‘lovchilarimiz va ekipajlarimiz xavfsizligi birinchi navbatdagi ahamiyatga ega”, deb aytilgan kompaniyada 

Yevropaning aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) O‘rta yer dengizining sharqiy qismida yaqin 72 soat ichida “harbiy aksiya” ehtimoli xavfidan xabardor qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid