Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘g‘il otasini ketmon bilan urib o‘ldirdi
Farg‘onada o‘g‘il otasini ketmon bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bergan.
«Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida 10 aprel kuni soat 17.00larda, «Guliston» MFY Navbahor ko‘chasi 37-uyda yashovchi, ruhiy kasal, 1989 yilda tug‘ilgan Dilmurod Qo‘chqanov uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan birga yashagan otasi, 1962 yilda tug‘ilgan Dadajon Qo‘chqanovning boshiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. Natijada Dadajon Qo‘chqanov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:26 / 11.07.2026
Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi Enn Uiddikomb o‘ldirildi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
16:53 / 04.06.2026