Jahon | 10:49 / 11.04.2018
6366
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil mudofaa vaziri Suriyadagi bazaga kim aviazarba berganini aytishdan bosh tortdi

Foto: idfblog.com

Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Suriyadagi bazaga kim aviazarba berganini aytmadi, shuningdek, Eronning mintaqada bo‘lishiga qarshi ekanini bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» amaldorning matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

«Men kim kimga va qayerda hujum qilganini bilmayman. Men faqat bir narsani bilaman: Eronning Suriyada mustahkamlanishiga barcha yo‘llar bilan xalaqit beramiz. Boshqa iloji yo‘q. Eronning Suriyada kuchayishiga yo‘l qo‘yib berish – o‘z bo‘yniga arqon tashlash bilan barobar», - deya aytib o‘tdi Liberman.

Uning ta'kidlashicha, Eron qo‘shinlarining Suriyada bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bermaydigan «kuchlar» bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid