Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitob do‘konlari ko‘paytiriladi, xorijiy adabiyot kamaytiriladi. Bosh vazir raisligida videoselektor o‘tkazildi
Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida O‘zbekiston prezidentining 5 aprel kuni imzolangan «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar bajarilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bosh vazir yig‘ilish chog‘ida respublikaning barcha tumanlarida kutubxonalar ochilishi kerakligini ma'lum qildi.
«Yozuvchilarimizning turli janrdagi asarlari respublikaning barcha nuqtalariga yetib borishi kerak. Matbuot axborot agentligi bu boradagi ishlarni nazoratga olishi kerak. Barcha viloyat hokimlari barcha tumanlarda kamida bittadan kitob do‘konlari ochishi kerak. Hamma joyda kitob do‘koni bo‘lishi shart.
Shu bilan birga kitob do‘konlarida o‘zimizning asarlar xorijiy kitoblar bilan teng miqdorda bo‘lishi kerak. Xorijiy adabiyot ko‘p bo‘lib ketmasligi kerak», deya bosh vazirning so‘zlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.
Abdulla Aripov shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining har birida kitob do‘konlari ochilishi shartligini belgilab bergan.
Mavzuga oid
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026