10:45 / 11.04.2018
7228

Suriya o‘zi bilan Iroq va Liviya taqdirining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi 

Foto: Getty Images

Suriya hukumati mamlakatda Iroq yoki Liviyadagi kabi xarobalik va hukumat o‘zgartirilishi ssenariysi amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja'fariy aytib o‘tdi.

“Men G‘arb davlatlariga shuni aytmoqchiman: sizning tahdidlaringiz, xatti-harakatlaringiz, yolg‘on va terrorchiligingiz hech qachon bizni, BMTning asoschi davlatlaridan birini, huquqlarimiz va milliy konstitutsiyamizga muvofiq majburiyatlarimizni bajarish va suverenitetimiz hamda hududiy yaxlitligimizni himoya qilish va istalgan tajovuzdan himoyalanishimiz yo‘lidan og‘ishtira olmaydi. Biz hech kimga – Xavfsizlik kengashining doimiy yoki doimiy bo‘lmagan a'zosiga ular Iroq va Liviya bilan qilgan ishlarini qilishga ijozat bermaymiz”, deb aytgan Ja'fariy. 

Ja'fariyning nutqi oldidan AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyaning BMTdagi vakillari odatdagidek kengash zalidan chiqib ketishgan. 

10 aprelda BMT Xavfsizlik kengashi AQSh va Rossiyaning Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi holatlarini tergov qilishning yangi mexanizmini joriy qilish va mandati bo‘yicha rezolyutsiyalarini ko‘rib chiqdi. AQSh tomonidan taklif qilingan rezolyutsiya loyihasi Rossiya tomonidan bloklandi. Rossiya loyihasi esa qabul qilinish uchun yetarli ovoz to‘play olmadi.

“Biz ularning kemalarini O‘rta yer dengizining sharqiy qismida ko‘rishimiz mumkin. Ular tajovuz boshlash uchun taqiqlovni kutishayotgandi”, deb aytgan Suriya vakili ovoz berish natijalariga ko‘ra.

Top