Jahon | 12:46 / 11.04.2018
6646
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili g‘arb davlatlarini tajovuzkorlik, yolg‘on va terrorizmda aybladi

Foto: AP Photo/Bebeto Matthews

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Jafariyning ma'lum qilishicha, g‘arb davlatlari faoliyati Suriya siyosiy kursiga ta'sir o‘tkaza olmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Men g‘arb davlatlariga shuni aytmoqchiman – sizlarning tajovuzkorligingiz, aldamchi xatti-harakatlaringiz, yolg‘on va terrorizmga aloqador ekaningiz bizni hech qachon milliy konstitutsiyaga muvofiq suverenitetimiz hamda xududiy yaxlitligimizni istalgan tajovuzkorlikdan himoya qilishga qaratilgan huquq va majburiyatlarimizdan chetlashtira olmaydi. Biz bu tashkilotning asoschi davlatlaridan birimiz, hech kimga – XK doimiy yoki doimiy bo‘lmagan a'zosi bo‘ladimi - Iroq va Liviya bilan bo‘lgani kabi holatga tushirishlariga yo‘l qo‘ymaymiz», - deya aytib o‘tdi Jaafariy BMT XK yig‘ilishida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevronazorat Suriyada yaqin kunlar ichidagi ehtimoliy aviazarbalar haqida ogohlantirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid