Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmonning Toshkentga tashrifi vaqtida o‘zbek va tojik san'atkorlarining konserti bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston va Tojikiston san'at ustalarining “Do‘stlik oqshomi” deb nomlangan navbatdagi birgalikdagi konserti Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Toshkentga tashrifi vaqtida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 11 aprelda Tojikiston madaniyat vazirligi yig‘ilishida ma'lum qilingan.
Hozircha Imomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi sanasi belgilanmagan.
9 martda Dushanbedagi “Kohi Borbad” san'at saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi sharafiga “Do‘stlik oqshomi” deb nomlangan o‘zbek va tojik san'atkorlarining konserti bo‘lib o‘tgandi. O‘sha konsertda 250 dan ko‘proq tojikistonlik va 100 dan ortiq o‘zbekistonlik artistlar ishtirok etgan.
Mavzuga oid
10:17 / 16.07.2026
O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026