Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov Telegram yuristlariga Roskomnadzor arizasi bo‘yicha jarayonda ishtirok etishni taqiqladi
Telegram asoschisi Pavel Durov kompaniya yuristlariga Roskomnadzorning messenjerni bloklash bo‘yicha arizasini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etishni taqiqladi.
"Pavel Durov o‘z advokatlariga Roskomnadzorning Telegram’ga arizasi bo‘yicha ertangi sud jarayonida ishtirok etishni taqiqladi", - deya xabar bergan messenjer manfaatlarini himoya qilayotgan, "Agora" xalqaro huquq himoyasi guruhi rahbari, advokat Pavel Chikov.
Chikovning o‘z Telegram-kanalida aniqlik kiritishicha, bunday qaror messenjer asoschisi tomonidan "ochiqdan ochiq maynabozchilikka qonuniy tus bermaslik" maqsadida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Roskomnadzor Taganskiy tuman sudiga Telegram messenjeriga kirishni to‘sib qo‘yish talabi bilan ariza yo‘lladi. O‘sha kuni idora messenjer ma'muriyatiga FXXga shifrlash kalitlarini taqdim etish uchun bergan o‘n besh kunlik muddat tugadi. Telegram’dagilar bu "texnik jihatdan imkonsiz" ekanini ma'lum qilishgan. Shu bilan birga, Roskomnadzordan ta'kidlashlaricha, kompaniyadan rasmiy javob olinmadi.
Messenjer Rossiyada muammolarga birinchi marta duch kelayotgani yo‘q. 2017 yil iyun oyining oxirida Telegram Roskomnadzorga ma'lumot tarqatuvchi tashkilotlar reyestriga kiritish uchun ma'lumot berishdan bosh tortgach, bloklab qo‘yilishiga bir baxya qoldi. Biroq keskin munozaralardan so‘ng u kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tish ma'lumotlarini baribir taqdim etdi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026