Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini hozircha olib chiqa olmaydi – Maykl Pompeo
AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod Maykl Pompeoning fikricha, AQSh qo‘shinlari hozircha Afg‘onistonda qolishi kerak.
“Fikrimcha, AQSh prezidenti tomonidan tanlangan harakatlar yo‘nalishi to‘g‘ridir. U missiyaga nisbatan kamtarinlik qilmoqda. U, biz u yerda ancha uzoq vaqt qolayotganimizni va bizda u yerdan ketish vazifasi borligini, biroq Amerika u yerdan bizga tahdid qilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik xavfini katta darajada zaiflashtirish holatida bo‘lmaguncha ketishga tayyormasligini tan oladi”, deb aytgan Pompeo.
“Men ham siz kabi ketishimizni istasam-da, biz hali buni qilish mumkin bo‘ladigan darajaga yetib kelmaganmiz”, deb javob bergan Pompeo senator Rend Pol savoliga. Pol AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini qat'iy talab qilib keladi. Pompeoning ta'kidlashicha, joriy hukumat “Afg‘onistonda ko‘proq barqarorlik o‘rnatilishiga” erishmoqchi.
AQSh Afg‘onistondagi harbiy amaliyotini 2001 yil kuzida boshlagan. Bu amaliyot AQShning eng uzoq davom etayotgan xorijiy harbiy amaliyoti hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026